
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yilni “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb nomlanishi munosabati bilan Boysun tumani Axborot-kutubxona markazida “Mahalla — vatanning eng oliy maskanidir” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida mahallaning jamiyat hayotidagi beqiyos o‘rni, uning obodligi, aholi farovonligini ta’minlash, yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash hamda mahallalarda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash masalalari haqida fikr almashildi.
Ishtirokchilar tomonidan mahalla insonlarni mehr-oqibat, hamjihatlik va ezgu maqsadlar yo‘lida birlashtiruvchi muqaddas maskan ekanligi alohida ta’kidlandi.


Zero, obod mahalla — obod yurt, farovon mahalla — farovon hayot demakdir!
📖 Mahalla — qadriyatlar beshigi, Vatan ravnaqining mustahkam poydevori!
More Stories
🌿 “Tabiatni asrash — har birimizning qo‘limizda”
📚 “Kitob — barcha imkoniyatlar kalitidir”
Erkinlik va jamiyat rivoji uchun jonini qurbon qilgan — qatag‘on qurbonlari.