«Infolib bilan-kelajakka qadam» mavzusida davra suhbati hamda faol kitobxonlar o`rtasida «Eng faol kitobxon», «Yilning eng ijodkor foydalanuvchisi» tanlovlari kitobxonlar o`rtasida o`tkazildi.

Boysun tuman Axborot-kutubxona markazida INFOLIB ÖZBEKISTON–2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi davomida «Infolib bilan-kelajakka qadam» mavzusida davra suhbati hamda faol kitobxonlar o`rtasida «Eng faol kitobxon», «Yilning eng ijodkor foydalanuvchisi» tanlovlari kitobxonlar o`rtasida o`tkazildi .

Kitobxonlik — bu shunchaki matn o‘qish jarayoni emas, balki insonning aqliy, ma’naviy va madaniy kamolotini belgilovchi muhim omil, mutolaa madaniyatidir.
Kitobxonlikning jamiyat va shaxs hayotidagi asosiy jihatlari quyidagilardan iborat:
Tafakkur va mantiq: Mutolaa miyada yangi neyron aloqalarini shakllantiradi, tahliliy fikrlash va muammolarga noodatiy yechim topish qobiliyatini kuchaytiradi.
So‘z boyligi va nutq: Muntazam kitob o‘qiydigan insonning lug‘at boyligi kengayadi, u o‘z fikrini aniq, ravon va ta’sirchan ifoda eta oladi.