Boysun district information and library center

Sahifalarimizni kuzatib boring!

Siz ko‘proq qaysi janrdagi kitoblarni o‘qiysiz?

🗣Har bir yozuvchining o‘z yo‘li bor. Kimdir sheʼriyat yo‘lidan ketsa, yana kimdir badiiy adabiyotni tanlaydi. Bugun men sizga kitob janrlari haqida qisqacha maʼlumot bermoqchiman.

1️⃣ Badiiy adabiyot – bu kabi kitoblarda voqealar qahramonlar orqali ochib beriladi. Bunday asarlar inson tasavvurini oshirishga yordam beradi
2️⃣ Ilmiy-ommabop kitoblar – murakkab fanlarni oddiy tilda tushuntiradi, sizga sizdan oldinroq sinab ko‘rilgan va sinovdan o‘tgan usullarni taqdim etadi.
3️⃣ Biografiyalar – bir insonning hayot yo‘li yoritib beriladi. Qilgan xatolari, qilgan ishlari ko‘rsatilinadi. Bu kabi kitoblar bizga sinovdan o‘tgan tajribalar haqida hikoya qiladi.
4️⃣ Psixologiya va shaxsiy rivojlanish – Bunday kitoblardan asrlar davomida o‘zgarishsiz kelayotgan inson xarakteri, psixologiyasini o‘rganish mumkin
5️⃣ Fantastika / ilmiy fantastika – asosan to‘qima obraz va voqealar asosida shakllantiriladi.