
📖 Adabiy davra suhbati
Boysun tuman Axborot-kutubxona markazi hamda 6-son Musiqa va san’at maktabi hamkorligida o‘zbek adabiyotining yorqin namoyandasi, taniqli yozuvchi, dramaturg, tarjimon va adabiyotshunos Abdulla Qahhor tavalludiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida adibning hayoti va ijodiy faoliyati, o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi hamda boy adabiy merosi haqida so‘z yuritildi.
Tadbir davomida Abdulla Qahhorning ibratli hayot yo‘li va mazmunan teran asarlari ishtirokchilarga tanishtirildi. O‘quvchilar adib ijodidan namunalar o‘qib, uning asarlari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Bunday ma’rifiy tadbirlar yosh avlodni kitobxonlikka jalb etish, ularda adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda buyuk ijodkorlarning bebaho merosini asrab-avaylashga xizmat qiladi.


More Stories
Bolangiz kitob o‘qiydimi?
“Oilaning asosiy ma’naviy boyligi- kitobxonlikdir”
BARCHA KITOBLAR SIZLAR UCHUN, AZIZ O‘QUVCHILAR! 📚