Boysun district information and library center

Sahifalarimizni kuzatib boring!

“Moviy jamadon” loyihasi

#Jarayon
#INFOLIB2026

#Moviy_jamadon_loyihasi

Bolalarni kitob o‘qishga jalb qilish ularning intellektual rivoji, dunyoqarashi va tasavvurini kengaytirishda muhim ahamiyatga ega. Kitob o‘qish orqali bola yangi bilimlarga ega bo‘ladi, so‘z boyligi oshadi va mustaqil fikrlash qobiliyati shakllanadi. Shu sababli, ota-onalar va o‘qituvchilar bolalarda kitobga mehr uyg‘otishga alohida e’tibor qaratishlari zarur.

Boysun tuman Axborot-kutubxona markazi hamda 4-sonli DMMT “Boychechak” bolalar bog’chasi hamkorlikda “Moviy jamadon” loyihasi asosida “Ertaklar Jajji Bolajonlarni Kitobxonlikka chorlaydi” nomli tadbir o’tkazildi.
Tadbirda ertaklar haqida fikr mulohazalar yuritildi.