Boysun district information and library center

Sahifalarimizni kuzatib boring!

Milliylik -insonning qalbidagi ildiz,uni o`zligiga bog`lab turuvchi ma`naviy kuchdir.

Milliylik — insonning qalbidagi ildiz, uni o‘zligiga bog‘lab turuvchi ma’naviy kuchdir.

Jadid adabiyoti o‘zbek xalqining ilm-ma’rifatli, ziyoli va erkin fikrlaydigan bo‘lib shakllanishida muhim o‘rin tutadi. Jadid adiblari o‘z asarlari orqali xalqni ilm olishga, maktablarda ta’lim olishga, jaholat va savodsizlikdan qutulishga chaqirganlar. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Fitrat va Cho‘lpon kabi ma’rifatparvarlar millat ravnaqi, Vatan taraqqiyoti va yoshlar kelajagi uchun kurashganlar. Ularning boy adabiy merosi bugungi kunda ham yosh avlodni bilimli, vatanparvar va ma’naviyatli bo‘lishga undaydi.