Boysun district information and library center

Sahifalarimizni kuzatib boring!

Kitob haqida olam haqiqatlari!

ilm #haqiqat

🔘 Bidoya emas, nihoya muhim.
Avvalida kitoblar yerda, oyoq kiyimlar esa yuqorida turibdi. Lekin nihoyasida esa, kitob oʻqilib, boshda turadi, poyafzal esa oyoqda.

kashfiyot #innovatsiya

🔘 Argentina nashriyotida ajoyib kitob ishlab chiqarildi, uning oʻziga hosligi shundaki, oʻquvchi kitobni ochganidan keyin, ikki oy oʻtgach yozuvlar oʻz oʻzidan oʻchib ketadigan siyohdan foydalanilgan

#dunyo kutubxonalari

 Afg`onistondagi ko`chma kutubxonalar

Oksford universiteti bitiruvchisi, qobullik Freshta Karim

 tashkil qilgan o‘ziga xos ko‘chma kutubxona shahar va qishloqlarni kezib, yosh kitobsevarlar vaqtlarini maroqli o‘tkazishlariga xizmat qilyapti.

Avtobus-kutubxona bolalarga  muntazam ravishda kitob o`qishda eng yaqin ko`makchi bo`lib kelmoqda.

📘DUNYODAGI ENG QIMMAT KITOB

Kutbert Yevangeliyasi

“Yevangeliya Kutberta”ning qo‘lyozma nusxasi miloddan avvalgi VII-asrda paydo bo‘lgan degan taxminlar mavjud. Nashr hajmi atigi 9 santimetrdan 14  santimetrgacha boradi. Ushbu kitob 94 sahifadan iborat bo‘lib, uning 42 sahifasiga 20 qator, qolgan sahifalariga esa 19 qator matn terilgan. Bugungi kunda ushbu noyob nashrni Britaniya kutubxonasidan topish mumkin.

#Bizning kitob

Kitoblarda aynan biz uchun belgilab qo’yilgan maxsus so’zlar bo’ladi. Biz ularni eshita olishimiz va tushunishimiz kerak, xolos. Shunda ular biz uchun musaffo tong va ajib bahordan ham yoqimli bo’ladi. Ular bizni atrofga boshqa qarashimizga sababchi bo’ladi. Ko’pgina odamlarda hayotlaridagi tub burilish u yoki bu kitobni o’qiganlaridan keyin boshlangan. Balki biz uchun ham mo’jizalar taqdim etishga qodir bo’lgan bir kitob bordir.

©Robin Sharma (O’lsang kim yig’laydi?) asaridan