Boysun district information and library center

Sahifalarimizni kuzatib boring!

MUVAFFAQIYATLI HAMKORLIK

MUVAFFAQIYATLI HAMKORLIK

Bugun O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Boysun tuman kengashi tomonidan tuman Axborot-kutubxona markazi rahbariyati bilan manfaatli hamkorlik memorandumi imzolandi.

Tumandagi 39-umumiy o’rta ta’lim maktabining kichik majlislar zalida tashkil etilgan tadbirda partiya faollari, tuman AKM xodimlari, o’qituvchilar hamda turli tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

Tadbirda partiyaning bugungi faoliyati hamda bundan keyingi amalga oshirishi rejalashtirilgan vazifalari xususida so’z yuritilib, bugungi tadbir ko’zlangan maqsadlaring amaldagi ijrosi ekanligi to’g’risida mamnuniyat bilan to’xtalib o’tildi.