Bugun 10-aprel kuni “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasi ostida Respublika III “Kitobxonlik haftaligi” ning ochilish marosimi Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi va hududiy AKMlarda bo’lib o’tmoqda, ushbu ochilish Zoom orqali online offline tashkil etilildi va tadbirda Boysun tuman AKM mutaxassislari ham ishtirok etishdi. Jumladan, Boysun tuman Axborot-kutubxona markazida bo‘lib o‘tdi. “Kitobxonlik haftaligi” kutubxonachilar va kitobxonlar uchun kompleks tadbirlar majmuasi bo‘lib, asosiy maqsadi kitob va kitobxonlik targ‘ibotidir. “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tayotgan “Kitobxonlik haftaligi”ning ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar ushbu haftalik dasturidan o‘rin olgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar to‘g‘risida ishtirokchilarga so‘zlab o‘tishdi va barcha kitobsevar yurtdoshlarimizni haftaligimizda faol ishtiroki etishga chorlab qolishdi.
Boysun district information and library center
Sahifalarimizni kuzatib boring!
More Stories
Zahiriddin Muhammad Bobur buyuk davlat arbobi!
Navoiy ijodiga ehtirom!
Ma`rifatga baxshida umr