
#Jarayon
#Kitobxonlik_jamiyatni_qon_tomiridir
Boysun tuman Axborot-kutubxona markazida “Yosh kitobsevarlar klubi” a`zolari bilan birgalikda “Kitob barcha imkoniyatlar kalitidir” mavzusida kitobxonlik tadbiri o`tkazildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan xalqimizni kitobxon millatga aylantirish borasida keng qamrovli ezgu sa’y-harakatlar olib borilmoqda. Mamlakatimizda kitobxonlikni targ‘ib qilish, kitobxonlik madaniyatini oshirishga muhim e’tibor qaratilayotgani zamirida ham aholini ma’rifatli qilishdek ulkan maqsadlar mujassam.

“O‘zbekiston-2030” strategiyasida ham aholi, ayniqsa yoshlarda kitobxonlik madaniyatini kuchaytirish maqsadida kitobxon yoshlarni 5 millionga yetkazish, har yili 100 ta eng eng yaxshi badiiy asarlar va yoshlar uchun mo‘ljallangan 50 ta badiiy kitoblar yaratish hamda 40 millionga yaqin kitob fondini raqamlashtirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilangan.

More Stories
“Ustozlarni e`zozlagan yurt”
“Qatag`on qurbonlari yodi barhayot”
Kitobxonlik targ`iboti!