| Tumandagi 6-musiqa va san‘at maktabida tashkillashtirilgan uchrashuvda yozuvchining oila a‘zolari, sinfdosh do‘stlari, turli darajadagi ijodkorlar, o‘quvchilar hamda tashkilot va idoralar rahbarlari qatnashdilar. Tadbirda o‘zining 71 yoshini qarshi olayotgan Erkin A‘zamning bolalik davri, hayot tarzi, kitob bilan oshno ekanligi, qatiyatligi, bir gapni ochiqcha, erkin ayta olishi, hayotda to‘g‘ri yashab, haq yo‘ldan yurganligi kabi xususiyatlari haqida alohida to‘xtalib o‘tildi. O‘zbek kino industriyasidagi buyuk dramaturg sifatida olib borayotgan mazmunli ijodi, kino sohasidagi erishgan yutuqlari, yozgan asarlaridagi o‘ziga xos jihatlar, har bir kitobida boysun nafasi ufurib turishi hamda bugun Erkin A‘zam ijodini butun dunyo katta qiziqish bilan o‘qiyotganligi e‘tirof etildi. Tadbir davomida ijodkor yoshlar ham yozuvchi ijodidan monologlar o‘qib, asarlariga tasnif berdilar. Erkin A’zam haqida yozilgan she’rladan namunalar o‘qidilar. |
More Stories
“Jamiyatda o`z huquq va erkinliklaringizni bilasizmi?”
“Uyushmagan axolini kitobxonlikka jalb etish” loyihasi assosida “Ochiq osmon ostida kitob ulashamiz” mavzusida ochiq maydonlarda kitob ko`rgazma tashkil etildi.
18-may Xalqaro muzeylar kuniga bag`ishlab “Muzeylar tarixdan so`ylar” mavzusida tuman AKMning kitobxonlari bilan “Boysun jannatmakon yurt” muzeyiga sayohat tashkil etildi.