
Abdulla Qodiriy 1926-yilda “Mushtum”da bosilgan “Yigʻindi gaplar” maqolasi tufayli qisqa muddat qamalgan. Uni “Oʻrta Osiyo “Davlat siyosiy boshqarmasi” (DSB)ning xodimi Kurmanov tomonidan 1926-yil 8-martda hibsga olingan. Abdulla Qodiriyning uyida 1926-yil 8-martdagi DSBning 32-orderiga asosan tintuv oʻtkazilib, tintuv oʻtkazishda Shotursun Shosaidov, Muhamedov, Teregulov hamda Abdulla Qodiriyning oʻzi ishtirok etgan.
Boysun tuman Axborot-kutubxona markazida “Qatag`on qurboni bo`lgan Abdulla Qodiriy ijodiga bir nazar” mavzusida davra suhbati o`tkazildi.
Davra suhbatida XX-asr yangi oʻzbek adabiyotining ulkan namoyandasi, oʻzbek romanchiligining asoschisi; 20-yillardagi muhim ijtimoiy-madaniy jarayonlarning faol ishtirokchisi, qatag`on qurboni Abdulla Qodiriy haqida so`z yuritildi.

More Stories
“Jamiyatda o`z huquq va erkinliklaringizni bilasizmi?”
“Uyushmagan axolini kitobxonlikka jalb etish” loyihasi assosida “Ochiq osmon ostida kitob ulashamiz” mavzusida ochiq maydonlarda kitob ko`rgazma tashkil etildi.
18-may Xalqaro muzeylar kuniga bag`ishlab “Muzeylar tarixdan so`ylar” mavzusida tuman AKMning kitobxonlari bilan “Boysun jannatmakon yurt” muzeyiga sayohat tashkil etildi.