«Telefoningizni 1 soatga o`chiring. Kitobni oching» loyihasi

📌Bugun farzandlarimiz ko’p vaqtini telefonda o’tkazyapti. Ularning nutqi, xotirasi va tafakkuri uchun bundan xavfliroq narsa yo’q.

📌Shu sababli Boysun tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan «Telefoningizni 1 soatga o`chiring. Kitobni oching» loyihasini boshlamoqdamiz.
Maqsadimiz bitta: Farzandlarimizni kitobga qaytarish. Kitob o’qigan bola — so’zi o’tkir, fikri tiniq, kelajagi yorug’ bo’ladi.

Sizdan yagona iltimosimiz:
Iltimos, farzandingizni tuman Axborot-kutubxona markazi kitobxonlari safiga qo’shilishga ruxsat bering va uyda kuniga atigi 20 daqiqa kitob o’qishiga sharoit yaratib bering. Bu 20 daqiqa uning kelajagidagi 20 yilni o’zgartirishi mumkin.

Farzandining qo’liga telefon emas, kitob tutqazgan har bir ota-onaga oldindan rahmat!

Manzilimiz: «Mustaqillik» MFYda joylashgan Tuman Axborot-kutubxona markazi
Ish kunimiz: Dushanba- Juma kunlari soat 9:00 dan,18-00 gacha
📚G`oya muallifi Habiba Akbarova✍️

Manzilimiz: «Mustaqillik» MFYda joylashgan Tuman Axborot-kutubxona markazi
Ish kunimiz: Dushanba- Juma kunlari soat 9:00 dan,18-00 gacha
📚G`oya muallifi Habiba Akbarova✍️