
📚 “Kitob — barcha imkoniyatlar kalitidir”
📖 Boysun tuman Axborot-kutubxona markazi hamda 2-son texnikumi kitobxonlari ishtirokida “Kitob — barcha imkoniyatlar kalitidir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida kitobning inson hayotidagi o‘rni, yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirishdagi ahamiyati haqida fikrlar bildirildi. Ishtirokchilar o‘zlari sevib o‘qigan kitoblari, sevimli adiblari va mutolaa taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.
📚 Kitob — bilim manbai, tafakkur rivoji va kelajak sari ochilgan eshikdir. Kitob o‘qigan insonning dunyoqarashi kengayadi, fikrlashi teranlashadi va yangi imkoniyatlarga yo‘l ochiladi.
✨ Kitobxon yoshlar — bilimli va kelajakka intiluvchi avlod!


More Stories
Erkinlik va jamiyat rivoji uchun jonini qurbon qilgan — qatag‘on qurbonlari.
Siz ko‘proq qaysi janrdagi kitoblarni o‘qiysiz?
Bolangiz kitob o‘qiydimi?