Boysun district information and library center

Sahifalarimizni kuzatib boring!

Erkinlik va jamiyat rivoji uchun jonini qurbon qilgan — qatag‘on qurbonlari.

Erkinlik va jamiyat rivoji uchun jonini qurbon qilgan — qatag‘on qurbonlari

Boysun tuman Axborot-kutubxona markazida tariximizning eng og‘riqli sahifalaridan biri — qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida qatag‘on yillarida xalqimizning erkinligi, ma’rifati va milliy taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan ziyolilar, adiblar, olimlar va davlat arboblarining hayoti va faoliyati haqida so‘z yuritildi.

Ularning boshidan kechirgan og‘ir sinovlari, Vatan va xalq taqdiri yo‘lidagi jasorati, bebaho ilmiy va ijodiy merosi yosh avlod uchun katta ibrat maktabi ekanligi ta’kidlandi.
Qatag‘on qurbonlarining nomlarini yod etish — tariximizni anglash, milliy xotiramizni asrash va kelajak avlodga haqqoniy tarixni yetkazishning muhim qismidir.

🕊 Ularning xotirasi qalblarimizda abadiy yashaydi!