Boysun district information and library center

Sahifalarimizni kuzatib boring!

Boysun jannatmakon yurt

Возможно, это изображение 6 человек, люди учатся, телевизор и текст

Boysun tuman Axborot-kutubxona markazida bugun Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti talabalari sayohat qilishdi.

Talabalar “Boysun tumaniga mahalliy va xorijiy sayyohlarni oqimini yanada ko`paytirish” maqsadida Boysun tumanidgai diqqatga sazavor joylar va ziyoratgohlar haqida Boysun TAKMdan bibliografik ma`lumotlar olishdi.

Universitetning Sharq mamlakatlari Iqtisodiyoti, siyosati va Turizm fakulteti dekani Husanov Chori Qodirovich va talabalar bilan Tuman AKM rahbari M.Abrayev “Boysun jannatmakon yurt” mavzusida davra suhbati o`tkazishdi.

Возможно, это изображение 8 человек, люди учатся, стол и текст

Boysun tuman Axborot-kutubxona markaziga mehmon bo`lgan Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti talabalariga markaz mutaxassisi L.Vahobova tomonidan Q.Rashidning “Boysun”, “Boysunning el suygan chavandozlari” asarlari hamda “Boysun olimlari”, “Boysun avliyolari”, “Boysun mo`jizalari”, “Omonxona mo`jizalari” kabi turkum asarlar tanishtirib o`tildi.

📚 Boysunning tarixi, qadimiy qadamjolaridan olgan ta`ssurotlarini talabalar so`zlab berishdi.

Возможно, это изображение 5 человек, люди учатся и текст