Boysun district information and library center

Sahifalarimizni kuzatib boring!

Navoiy ijodiga ehtirom!

📌Alisher Navoiy sheʼrni, shoirlikni hamma narsadan baland tutdi. Vazirlik martabasida turib ham sheʼr yozishni toʻxtatmadi. Atrofidagilar uning bu ishiga ragʻbat va hurmat bilan qaradilar. Shoh Husayn Bayqaroning oʻzi unga rahnamolik qildi. Ulugʻ shoirning ilk sheʼriy devonini muxlislari tuzgan boʻlsalar, birinchi devoni — „Badoye ul-bidoya“ („Badiiylik ibtidosi“)ni 1472–1476-yillarda shohning amri va istagiga koʻra oʻzi kitob qildi.

📓1485–1486-yillarda ikkinchi devon — „Navodir un-nihoya“(„Nihoyasiz nodirliklar“) maydonga keldi. Alisher Navoiy 1481–1482-yillarda „Vaqfiya“ asarini yozadi. Vaqf deb biror xayrli ishning sarf-u xarajatini taʼmin qilmoq uchun ajratilgan yer yoki mulkka aytiladi.

📜Alisher Navoiyning “Xamsa” Nodir qo’lyozmasi faksimil nusxa ko’rinishida nashr etiladi va O’zbekistonga qaytariladi.📜

🇺🇿O’zbekiston madaniy merosini o’rganish, asrab-avaylash va ommalashtirish bo’yicha Jahon jamiyatining “O’zbekistonning 100 mashhur qo’lyozma durdonalari” loyihasi o’zbek zaminining noyob qo’lyozmalarini faksimil nusxalar shaklida qaytarish bo’yicha o’z ishini davom ettirmoqda.
📚”Xamsa”ni tashkil etuvchi beshta Doston XV asrdagi adabiy yodgorlikdir. Aslida qo’lyozma 690 sahifadan iborat bo’lib, bitta qo’lyozma shaklida bo’lgan. Ammo, keyinchalik, u bo’lingan.
📜Qo’lyozmaning 4 qismi bugungi kunda Oksford Bodlean kutubxonasida, beshinchi qism Manchesterdagi jon Rayland kutubxonasida saqlanadi. O’zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi elchixonasi ko’magida tomonlar Alisher Navoiyning 📗”Xamsa” asari faksimil nusxalarini yaratish imkoniyatlarini muhokama qildilar.