A.Dyumo -Uyg`onish davrining buyuk adibi!

Boysun TAKM

Buyuklar_hayotiga_bir_nazar

Uyg`onish davrining buyuk adibi!

Fransuz yozuvchisi Aleksandr Dyuma 1802-yil 24-iyul kuni Viller-Kotre (En departamenti) shahrida dunyoga kelgan. Adabiy faoliyatini 1825-yil dramaturg sifatida boshlagan uning “Ov va muhabbat” kichik pyesasidir. 1829-yilda yaratgan “Genrix III va uning saroyi” dramasi yozuvchiga muvaffaqiyat keltirdi. Dyumaning 1831-yil “Antoni”, 1832-yil “Nel minorasi” va boshqa pyesalari romantik teatr tarixidagi muhim voqeadir. 1835-yilda Dyuma birinchi tarixiy romani “Izabella Bavarskaya”ni e’lon qildi. 19-asrning 40-yilarida ketma-ket “Uch mushketor” 1844-yil, “Yigirma yildan so’ng” 1845-yil, “Vikont de Brajelon” 1848-1850-yillar tarixiy-sarguzasht romanlari paydo bo’ldi. Trilogiya tashkil etgan bu romanlarning qahramonlari umumiy – asrdan-asrga o’tib yuradi.

“Graf Monte-Kristo” 1945-1846-yillar zamonaviy hayot haqidagi sarguzasht roman. Dyuma romanlari va pyesalaridan tashqari esdaliklar, yo’l ocherklari va boshqa asarlar yozgan. 1858-yil yozgan “Parijdan Astraxongacha” kitobi Rossiyaga sayohati haqidadir. Yozuvchining romanlari qiziqarli, ularda hayotga faol munosabat sezilib turadi, voqealar tez rivojlanadi, qahramonlari jasur, hushchaqchaq, topqir, qiyinchiliklarni oson bartaraf qiladi va hamisha g’olib chiqadi. Yozuvchining bir qator asarlari dunyoning turli mamlakatlarida ekranlashtirilgan. “Graf Monte-Kristo”, “Uch mushketor” romanlari o’zbek tilida nashr etilgan. “Nel minorasi” pyesasi “Ajal minorasi” nomi bilan 1972-yil o’zbek tilida sahnalashtirilgan.