«Beg`ubor bolajonlar» nomli tadbir tashkil etildi.

#Bolalarga_bering_dunyoni

Boysun tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan tumandagi 1-sonli «Bilimdon bolajon» xususiy maktabgacha ta`lim markazida 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag`ishlab «Beg`ubor bolajonlar» nomli tadbir tashkil etildi.

#Bolalarga_bering_dunyoni

1-iyun Xalqaro bolalar kuniga bag`ishlangan «Beg`ubor bolajonlar» tadbir davomida «Bolalarga bering dunyoni» nomli kitob ko`rgazmasi tashkil etildi. L.Vaxobova tomonidan bolajonlarga kitob ko`rgazmasi taqdimoti o`tkazildi.

#Bolalarga_bering_dunyoni

«Beg`ubor bolajon» tadbiri davomida bolajonlar tuman AKM jamoasi tomonidan sovg`alar bilan taqdirlanishdi.

#BOLALARGA_BERING_DUNYONI

(1-Iyun-Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlanadi)

Bilmoq uchun olamning sirin,

Qalb ko‘zi-la ko‘ring dunyoni,

Jondan aziz ,beg‘ubor shirin,

Bolalarga bering dunyoni.

Ular uchun bo‘ling tulpor ot,

Quvonchlarda chiqarsin qanot,

Ertaklarga aylansin hayot,

Bolalarga bering dunyoni.

Jajji bo‘lib zavqqa to‘lgansiz,

Xandon otib shodon kulgansiz,

Bir kun siz ham bola bo‘lgansiz,

Bolalarga bering dunyoni.

Iqbolini, baxtin ko‘ring siz,

Kamolini, taxtin ko‘ring siz,

Shirin tushdek o‘tsin umringiz,

Bolalarga bering dunyoni.

Dunyo o‘zi yaralgan bir kam,

Jajji qalbin ezmasin hech g‘am,

Bolalarni asrasin egam,

Bolalarga bering dunyoni.

Xurshid Karim

Boysun TAKM @AKT bo`limi!!!