Iftixorimsan vatan!

VATAN HAQIDA SHE`RLAR TURKUMI

Iftixorimsan vatan

O’ZBEKISTON DAVLATI

O’zbekiston bayrog‘i ko‘tarildi chinakam,
Ushbu kunni, ayting-chi, qay birimiz kutmadik.
Zarur bo‘lgan chog‘da goh dor tagida turib ham,
Qay birimiz tarixning sinovidan o‘tmadik.
Dong‘il safarga chiqdi endi hur O’zbekiston,
Kimgadir oyoqosti, kimga u osmon bo‘ldi.
Shukrkim, o‘z-o‘zini tanidi keksa jahon,
Ya’ni o‘zbek Davlatin jumlai jahon bildi.

Ne-ne kamsituvlarni ko‘rgan shu boshim bilan,
Ona xalqim, qoshingda tizza bukib turibman.
O’zbekcha gapirganda, bir chuqum oshim bilan
Sadaqai baxting deb borim to‘kib turibman.

Garchi doim ungandir gulchechaklar bog‘imda,
Temur va Navoiyni eslaymiz takror-takror.
Men-ku uzoq yasharman, lekin ketar chog‘imda
Tepamda egilajak o‘z tug‘im — bayrog‘im bor!

Nasib etmish bu kunlar, taralsin yangroq unlar,
Do‘stlar bilar yonma-yon qutlaylik bu ayyomni.
Iloyo, boshimizga kelmasin qaro kunlar,
O’zbegim, deb ko‘taring, do‘stlarim, oltin jomni.
1992 yil, 4 mart
Abdulla Oripov

МОҚ Ўзбекистон байроқдорлари ўзгарганига изоҳ берди – Газета.uz

O’zbegim

Omad qushi tanlagan seni,
Unutmaysan hech birimizni.
Yaxshilikka sarflagan kuchni,
Dunyo bilar ôzbek nomini!

Bizdan faqat ozod yurt qolar,
Ôzbegimga doim baxt kular.
Yosh-u qari omading tilar,
Dunyo bilar ôzbek nomini!

Tinchlik nomi ôzbegim ôzing,
Bajargaysan har aytgan sôzing.
Qôldan kelmas yôqdiz bir ishing,
Dunyo bilar ôzbek nomini!

Hech bir yurtga qaram emassan,
Ôzbek nomi bizga keraksan.
Mening baxtim ôzbek ôzingsan,
Dunyo bilar ôzbek nomini!

Doim meni qôllagan Vatan!
Bolam deya allalar aytgan.
Senga sodiq ôg’lon bôlaman,
Dunyo bilar ôzbek nomini!

Xor bôlmaydi hech qachon ôzbek,
Zor bôlmaydi hech qachon ôzbek.
Buyuk davlat buyukdir ôzbek,
Dunyo bilar ôzbek nomini!

Or-nomus deb kurashgan ôzbek,
Ôz nomi deb kurashgan ôzbek.
Har birimiz ôg’il-qizidek!
Dunyo bilar ôzbek nomini!

Yuksaklarga kôtaray seni,
Bolam deya atagin meni.
Ado etay farzandlik burchni,
Dunyo bilar ôzbek nomini!

Hech yozishdan tôxtamas qôlim!
Maqtash desa tiyilmas tilim!
Ishlasam gar ôzbekcha yôlim,
Dunyo bilar ôzbek nomini!

Ôzga yurta bôlguncha podsho,
Ôz yurtimga bôlayin gado.
Olloximdan keldi bir sado,
Endi burchim etayin ado.

Shamshod xizmat qiladi sizga,
Qôlni oching siz ham duoga.
Hech ôxshatmang bizni birovga,
Dunyo bilar ôzbek nomini!

Muallif: Shamshod Safar

O'zbekistonliklar Mustaqillik bayramida nechi kun dam oladi — Review.uz

Serquyosh yurt

Quyosh nuri dilni yoritgan,
Ona zamin borini sochgan.
G’amlar emas quvonch yig’latgan.
Serquyosh yurt kimda bor?
Bizga doim baxtlar yor!

Kim qiziqsa bizning ishlarga,
Qolmas aslo g’azzod qishlarga.
Xush navosi ôxshar qushlarga,
Serquyosh yurt kimda bor?
Bizga doim baxtlar yor!

Tinch yurtim,ozod yurtim,
Har gôshasi obot yurtim.
Kônglim senla shod yurtim,
Serquyosh yurt kimda bor?
Bizga doim baxtlar yor!

Ôzing menga beshik bôlding,
Baxtga eltar eshik bôlding.
Har ishimga sherik bôlding,
Serquyosh yurt kimda bor?
Bizga doim baxtlar yor!

Ollox seni inom etgan,
Bu zaminda dono ôsgan.
Doim bizni dunyo kôgan,
Serquyosh yurt kimda bor?
Bizga doim baxtlar yor!

Joni fido Shamshod Safar!
Senga mudom xizmat qilar.
Sendan albat qarzin uzar,
Serquyosh yurt kimda bor?
Bizga doim baxtlar yor!

Mullif:Shamshod Safar!

В Узбекистане студенты недовольны привлечением во время пандемии в  мероприятия ко Дню независимости

VATANIM

Men dunyoni nima qildim,
O`zing yorug` jahonim,
O`zim xoqon,
O`zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg`izim,
Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan, Vatanim…

Shodon kunim gul otgan sen,
Chechak otgan izimga,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi,
Onam deymi,
Hamdardu hamxonam deymi,
Oftobdan ham o`zing mehri –
Ilig`imsan, Vatanim.

Sen Mashrabsan,
Xalqda tumor,
Balxda dorga osilgan,
Navoiysan, shoh yonida
Faqirini duo qilgan.
Yassaviysan, meniki deb,
Ko`ringan da’vo qilgan,
Ming bir yog`i ochilmagan
Qo`rig`imsan, Vatanim.

Sen Ho`jandsan,
Chingizlarga
Darvozasin ochmagan,
Temur Malik orqasidan
Sirdaryoga sakragan,
Muqannasan qorachig`i
Olovlarga sachragan,
Shiroqlarni ko`rgan cho`pon
Cho`lig`imsan, Vatanim.

Kim Qashqarni qildi makon,
Kim Enasoy tomonda,
Jaloliddin – Qurdistonda,
Boburing – Hindistonda,
Bu qanday yuz qarolig` deb
Yotarlar zimistonda,
Tarqab ketgan to`qson olti
Urug`imsan, Vatanim…

O`g`lim desang osmonlarga
G`irot bo`lib uchgayman,
Chambil yurtda Alpomishga
Navkar bo`lib tushgayman,
Padarkushdan pana qilib
Ulug`beging quchgayman,
G`ichir-g`ichir tishimdagi
So`lig`imsan, Vatanim…

O`tgan kuning – o`tgan kundir,
O`z boshingga yetgan kun,
Qodiriyni bergan zamin,
Qodiriyni sotgan kun.
Qo`lin bog`lab,
Dilin dog`lab,
Yetaklashib ketgan kun,
Voh bolam! deb aytolmagan
Dudug`imsan, Vatanim.

Yoningda qon yig`lagan bir
Shoiringga qarab qo`y,
Gar Qo`qonga yo`ling tushsa,
Detdomlarni so`rab qo`y.
Hech bo`lmasa Usmon hokin
Keltirmoqqa yarab qo`y,
Olislarda qurib qolgan
Qudug`imsan, Vatanim…

Sen – shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim,
Ota desam,
O`glim deb,
Bosh egib turgan chinorim,
Qo`ynimdagi iftixorim,
Bo`ynimdagi tumorim,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan, VATANIM !

Muhammad Yusuf