Ona tili-millat ruhi!

21-oktyabr O`zbek tiliga davlat tili maqomi  berilgan kunga 32 yil to`lishi munosabati bilan «ona tili» haqida she`rlar👇👇👇

#Til_millat_ko`zgusi

Sen mangusan, baqosan,

Men esam – o’tkinchi zot.

Sen hamisha bahorsan,

Men – lahzalik xotirot.

Ona tilim, jon tilim.

Sensiz men so’ladirman,

Devona bo’ladirman.

Tuqqanimga yetti yot

Begona bo’ladirman,

Ona-tilim, jon tilim –

Yuragimning qoshida

Sayrab turgan bulbulim.

#Til_millat_ko`zgusi

Ona tilim – yurak qatimdan

Mehr bo‘lib sochilgan jarang.

Qulog‘imga go‘dak paytimdan

Alla bo‘lib singigan ohang.

Ona tilim – necha asrlar

Kurashida yenggan polvonim.

Necha ajdod, necha nasllar

Suyib o‘tgan turkiy zabonim.

Ona tilim – do‘ppi kiygan So‘z,

Doim yangi yo‘lcha-atlasi.

Bir satriga tashlasangiz ko‘z,

Tovlanadi ming-ming qirrasi.

Ona tilim – asalchoy ta’mli,

Bulbultalqin, muhabbatsheva.

Lablarimga ko‘chirgum doim

Talaffuzin men seva-seva.

Ona tilim – yurak qatimdan

Mehr bo‘lib sochilgan jarang.

Qulog‘imga go‘dak paytimdan

Alla bo‘lib singigan ohang…

#Til_millat_ko`zgusi

Kelib ketdi necha dunyolar,

Kuldi hayot, yig’ladi o’lim.

Sen deb qurbon bo’ldi bobolar,

Ular ketdi, sen qolding, tilim.

Belanchaging uzra Koshg’ariy

Kuylab o’tdi qadim navoni

Va navqiron yaproqlaringga

Dil qonini berdi Navoiy.

Samarqanddan Bobur ketarkan

Dilda bo’g’ib hasrat sasini,

Olib ketdi ona yurtidan,

Turkiy tilim, birgina seni.

Mashrabmas, sen osilding dorga,

Nodiramas, sensan so’yilgan

Hoziqningmas, sening, ey tilim,

Boshing ayru, ko’zing o’yilgan.

#Til_millat_ko`zgusi

Dunyo ishi sho‘x mavjlanar ona tilimda,

Har bir so‘zi yuz ma’noli durdona tilimda

Izohli ko‘ngil chog‘i ipak tovlanadir ul.

Burro-yu go‘zal, g‘olib-u mardona tilimda.

Do‘stlarimning davrasida shahd-u shakardir,

Har jilvasi bir gulxan-u gulxona tilimda.

Bor unda Navoiy ruhi, unda Bobur bor,

Har shevasi bir qasr ila koshona tilimda.

Dunyoda bor ilm-u hunar unda jilobaxsh,

So‘ngsiz xazina, qomus-u afsona tilimda.

https://t.me/btakm_uz/85851