INFOLIB O’ZBEKISTON-2021

#Milliy qadriyatga oshufta ko’ngil

2021 yil 8-12 noyabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasida “Infolib O`zbekiston-2021” Milliy Axborot-kutubxona haftaligi doirasida 10-noyabr kuni “Shalola milliy ansambili-Boysunning tirik afsonalari” mavzusida Boysun “Shalola” etnografik “ashula va raqs” guruhi ishtirokchilari O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sayyora Qosimova, Xabib Umarov, Erkin Niyozov, Intizor Nasriddinova, Sobir Badriddinovlar bilan onlayn va offlayn ijodiy uchrashuv uyushtirildi.

Boysun tumanida qadimiy qo`shiqlar, raqslar va urf-odatlar juda yaxshi saqlanib qolgan bo`lib, buni mahalliy aholining turmush tarzi va uning ongidagi badiiy ko`rinishi, deyish mumkin.

Shundan so`ng Boysun tuman 6 – sonli bolalar musiqa va san`at maktabi to`garak rahbari Intizor Nasriddinovaga berildi. Intizor Nasriddinova o`z ijodini dutor ijrosida namoyish etdi.