“Ustozlar hurmati ajdodlarimiz merosi”

Adabiyotga oshufta ko`ngillar

Boysun tuman Axborot –kutubxona markazida Boysunlik ijodkorlar Ismat Norboyev, Xoliq Xursandov, Xidir Chorshanbiyev, Jo`rabek Ramazonovlar ijodlari asosida
“Ustozlar hurmati ajdodlarimiz merosi”nomli badiiy kecha tashkil etildi.

Badiiy kechada Boysunlik adiblar Xoliq Xursandov, Ismat Norboyev, sevimli shoirimiz Jorabek Ramazonovlarning yorqin xotiralari oila azolari tomonidan etirof etildi. Ularning ijod namunalari faol kitobxonlar tomonidan madh etildi.

Tadbir adiblarning kitob korgazmalari, ularning hayotlariga bagishlab tayyorlangan video lavhalar namoishi bilan boyitildi.
Tadbirda manaviy marifiy ishlar targibotchisi Fayzulla Hamdamov, Milliy tiklanish demokratik partiyasi tuman kengashi raisi Bobur Sobirov, Yulduz Xursandova,Zafar Xursandov, Zulfiya Norboyeva kabi xalqimiz xizmatida bolgan adiblarning farzandlari va hamkasblari ishtirok etishdi.
Kechada tumandagi 39-sonli maktabning 6-9-sinf o`quvchilari juda faol ishitok etishdi.