Kitob hayot chirog`i !


1. Kitob o‘qiydigan odamning so‘z  boyligi katta bo‘ladi. Chunki kitob o‘qilganda kishi oddiy kundalik hayotda ishlatilmaydigan so‘zlarni ham uchratadi. bu so‘zning ma’nosini lug‘atdan izlash ham shart emas, zero kitob umumiy mazmunidan so‘zning ma’nosi ham kelib chiqadi. Gu tariqa kitob o‘qig nafaqat so‘z boyligini orttiradi, balki inson bilimini ham orttiradi. (Axir ayg‘ambarimiz «Beshikdan qqabrgacha ilm izlang» lemaganlarmi).

2. Kitob o‘qish boshqa odamlar bilan muloqot qilishga yordam beradi. Ya’ni kitob o‘qigan odam o‘z fikrlarini chiroyli, aniq, yorqin ifodalash imkoniga ega bo‘ladi. Bir nechta mumtoz adabiyotni o‘qishning o‘zida ham kishida gapirish san’ati bir qadar rivojlangani seziladi. shu tariqa kishi yaxshi suxbatdosh bo‘la oladi, odamlarda o‘zi haqida yaxshi tassurot qoldiradi. 

3. Kitob o‘qish insonni dadillashtiradi.
Kitob o‘qigan insonning o‘ziga ishonchi kattaroq bo‘ladi. Chunki kitobdan olgan ilmlari unga madad beradi. Atrofingizdagi olamlarda esa siz haqingzda yaxshi tasavvur uyg‘onadi. bu esa sizni yanada juo’atli qiladi. 
4. Kitob o‘qish stresslarni kamaytiradi. 
Stresslar bugungi odamlarning eng asosiy muammosiga aylangan. Kitob tekstining boyligi va ritmi inson ruxiyatini tinchlantiruvchi va stresslarnibartaraf etuvchi, chal0ituvchi  xususiyatga ega. Ayniqsa uyqudan oldin kitob o‘qiganlar buni yaxshi bilishadi. 
5. Kitob o‘qish natijasida xotira va fikrlash qobiliyati rivojlanadi.  
Tafakkurni (fikrlash qobiliyatini) rivojlantirish kitob o‘qishning eng samarali xususiyatidir. Chunki kitob o‘qiganimizda biz ekranlardagi bir tasvirdan boshqqasiga shunchaki ko‘chib o‘tmaymiz, balki asarni tushunish uchun asar qahramonlari va boshqa qatnashchilarning xarakterlari, gap so‘zlari, xulqu atvori, fikrlash tarzlari, tabat va b. haqida fikrlashimizga to‘g‘ri keladi.