
Kitobxonlikni keng targ`ib qilish maqsadida Boysun tuman Axborot-kutubxona markazida 2-aprel Xalqaro bolalar kitobi kuni munosababti bilan «Kitobxon bolalar -yurt kelajagi » mavzusida ochiq eshiklar kuni o`tkazildi. Ochiq eshiklar kuni munosababti bilan kitoblar ko`rgazmasi, turkum mavzuli davra suhbati tashkil etildi. Kitob — inson umr yo‘llarini yorituvchi so‘nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, har qanday vaziyatda ham hamroh bo‘lguvchi sodiq do‘st. Kitob dunyosiga oshufta, adabiy olamga hamnafas, badiiyatdan bahramand qalb egasi o‘zidagi bu tuyg‘u va fazilatlarni atrofidagilarga, ayniqsa, oilasiga ham yuqtirishi, singdirishi ehtimoli yuqori.


More Stories
“Jamiyatda o`z huquq va erkinliklaringizni bilasizmi?”
“Uyushmagan axolini kitobxonlikka jalb etish” loyihasi assosida “Ochiq osmon ostida kitob ulashamiz” mavzusida ochiq maydonlarda kitob ko`rgazma tashkil etildi.
18-may Xalqaro muzeylar kuniga bag`ishlab “Muzeylar tarixdan so`ylar” mavzusida tuman AKMning kitobxonlari bilan “Boysun jannatmakon yurt” muzeyiga sayohat tashkil etildi.