Kitobsevarl bolalar yurt kelajagi!

📌📚Bugun 11-aprel kuni “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasi ostida Respublika III “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Boysun tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan tumandagi 4-sonli DMTTda “Kitobxon bolalar yurt kelajagi» mavzusida tadbir o`tkazildi.

📌📚Tadbir davomida bolajonlar uchun eng sara o`zbek va jahon ertak kitoblari asosida ko`rgazma tashkil etilib, kitoblar tanishtirildi. Bolajonlar bilan kitobxonlik va uning bolalar kamolotida tutgan o`rni haqida suhbat o`tkazildi.