Kitobxonlik oiladan boshlanadi: kitobxon ona- kitobxon bola

Kitob mutolaasiga havas avvalo, oiladan boshlanishi, ota-onalar farzand-larida kitob o’qishga mehr uyg’otishi uchun o’zlari kitobxon bo’lishlari lozim.

Shavkat Mirziyoev

Boysun tuman Axborot-kutubxona markazida kitobxon onalar ishtirokida «Kitobxon onalar kuni» o`tkazildi. Kitobxon onalar va ularning farzandlari bilan kitobxonlik, oilalarda kitobxonlik muhiti, kitoblarni inson kamolotida tutgan o`rni mavzularida “Kitobxonlik oiladan boshlanadi: kitobxon ona- kitobxon bola”nomli davra suhbati o`tkazildi. Eng sara asarlar targ`iboti o`tkazildi. Tadbir davomida markaz mutaxassislari D.Bozorova tomonidan kitobxonlarga eng sara asarlardan parchalar so`zlab berildi.