Boysun district information and library center

Sahifalarimizni kuzatib boring!

“Ayol oila tayanchi jamiyat ko`zgusi”

Ayol — hayotning eng buyuk ne’mati, mehr va muhabbat timsolidir. U oilaning tayanchi, jamiyatning esa ma’naviy ko‘zgusidir. Ayol bor xonadonda fayz, tarbiya va ezgulik hukm suradi. Chunki ona qalbidan taralgan mehr butun bir avlodning kamol topishiga xizmat qiladi.

Oila mustahkamligi ko‘p jihatdan ayolning sabr-toqati, oqilaligi va mehribonligiga bog‘liq. U nafaqat farzandlariga tarbiya beradi, balki oilada ahillik va totuvlikni saqlaydi. Dono ayollar bor joyda hurmat, insof va baraka bo‘ladi. Shu sababli ham xalqimiz “Ayol baxtli bo‘lsa, oila baxtli bo‘ladi” deb bejiz aytmagan.

Jamiyat taraqqiyotida ham ayollarning o‘rni beqiyosdir. Bugungi kunda ayollar ilm-fan, ta’lim, tibbiyot ko‘plab sohalarda yurt ravnaqi uchun xizmat qilmoqda.

📚Boysun tuman Axborot-kutubxona markazida “Ayol oila tayanchi jamiyat kozgusi” mavzusida tadbir o`tkazildi.