#25-yanvar O‘lmas Umarbekov (1934-1994)tavallud topgan kun!
O‘lmas Umarbekov 1934 yil 25 yanvarda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘ebekiston xalq yozuvchisi (1992). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1984). O‘rta Osiyo universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1956). Ilk kitobi — «Hikoyalar» (1958). «Xatingni kutaman», «Yurak so‘zlari» (1960), «Boboyong‘oq» (1961), «Yulduzlar», «Menga ishonmaysanmi?» (1962), «Hayot abadiy» (1964), «Charos» (1966), «Ko‘prik» (1968), «Bolgar qo‘shiqlari», «Oltin yaproqlar» (1972), «Qiyomat qarz» (1976, shu hikoya asosida sahna asari ham bor), «Yer yonganda» (1993) kabi hikoya to‘plamlari nashr etilgan. U «Odam bo‘lish qiyin» (1970), «Fotima va Zuhra» (1994) romanlari hamda «Sevgilim — sevgilim» (1963), «Kimning tashvishi yo‘q» (1965), «Urush farzandi» (1972), «Yoz yomg‘iri» (1973), «Oq qaldirg‘och» (1974) singari kissalar muallifi. Bir qancha dramalar ham yozgan («Oqar suvlar», 1971; «Tuhmat», 1987; «Oqsoqol», 1991; «O‘zing uchun o‘l yetim», 1992 va boshqa). «Qizimga maktublar» («Mangu hayot bo‘sag‘asida») deb nomlangan publitsistik asari ham bor.O‘lmas Umarbekov 1994 yil 10 noyabrda Toshkentda vafot etgan.Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1980).
More Stories
Zahiriddin Muhammad Bobur buyuk davlat arbobi!
Navoiy ijodiga ehtirom!
Ma`rifatga baxshida umr