Boysun district information and library center

Sahifalarimizni kuzatib boring!

“Yangi nashrlar jozibasi-o`qishdan zavq oling”

#Jarayon
#INFOLIB2026

INFOLIB ÖZBEKISTON–2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi boşlandi.

Boysun tuman Axborot-kutubxona markazida INFOLIB ÖZBEKISTON–2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi davomida tumandagi 2-sonli texnikumda talabalar o`rtasida “Yangi nashrlar jozibasi-o`qishdan zavq oling” mavzusida davra suhbati o`tkazildi . Davra suhbatida tumandagi ustoz va talabalari faol ishtirok etishdi. Talabalar o`rtasida kitoblar shousini o`tkazildi. Bunda markazga kelgan yangi kitoblar asosida kitob ko`rgazmalari tashkil etilib talabalar bilan “Eng zakovatli kitobxon talaba” tanlovi ham o`tkazildi.

“Yangi nashrlar jozibasi — o‘qishdan zavq oling” — bu kutubxonalar, axborot-kutubxona markazlari va kitob do‘konlarida yangi kelgan adabiyotlarni o‘quvchilarga tanishtirish, mutolaa madaniyatini targ‘ib qilishga qaratilgan maxsus kitob ko‘rgazmasi, aksiya yoki ma’naviy-ma’rifiy tadbir konsepsiyasidir.