Boysun miiliy hunarmandchilik amaliy san`ati markazi-muzey, ustaxona va do`konlardan iborat. Bu yerda tashrif buyurgan kishi usta hunarmandlarning qo`l mehnati bilan tayyorlangan an`anaviy maxsulotlarni sotib olish va tayyorlash jarayonini ko`rish imkoniga ega bo`ladi.
Markazda 35 kishi faoliyat yuritadi. Bu yerda iplarni tayyorlash, bo`yash, to`qish va mahsulotlarni tayyor holga keltirish bilan bog`liq to`liq jarayonda bevosita ishtirok etish ham mumkin. Shuningdek markaz o`z muzeyiga ham ega bo`lib, YUNESKO uni himoyasiga olgan. Muzeyda Boysun tarixiga oid barcha asori-antiqalarni ko`rish mumkin.
Boysun miiliy hunarmandchilik amaliy san`ati markazi-Barriley loyihasi bilan qurilgan. Mablag` asosan Yunesko, Yapon fondi. Evropa ittifoqi. Xalqaro bolalarni hinoya qilish fondidan ajratilgan. Bino ikki qismdan iborat. 1. Ishlab chiqarish binosi. 2. Muzey Boysun xalq amaliy san`ati.
Mablag`ni Arabistonning fuqarosi Shayx Hasan o`zining mablag`i hisobiga qurdirgan muzey.
Asosan 4 yo`nalish bo`yicha ish yuritadi.
- To`qimqchilik
- Gilamchilik
- Ipak iplarni bo`yoqlash
- Kashtachilik
Boysun miiliy hunarmandchilik amaliy san`ati markazi 2004-2006 yil qurilgan. 2006 yil 28 avgustda foydalanishga topshirilgan.
O`zbekiston yunesko vakolati boshligi Barriley tashabbusi bilan tashkil qilingan.
More Stories
Zahiriddin Muhammad Bobur buyuk davlat arbobi!
Navoiy ijodiga ehtirom!
Ma`rifatga baxshida umr