Boysun district information and library center

Sahifalarimizni kuzatib boring!

Davlatimiz rahbari 64 yoshni qarshilamoqdalar.

Biografiya

Mehnat faoliyatini 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida boshlab, kichik ilmiy xodim, katta oʻqituvchi, dotsent, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor lavozimlarida ishladi.
1990-yili Respublika Oliy Soveti deputatligiga saylanib, bir vaqtning oʻzida Mandat komissiyasining raisi sifatida ham faoliyat koʻrsatdi.
1992-yilda Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
1996-2001 yillarda Jizzax viloyati hokimi.
2001-2003 yillar mobaynida Samarqand viloyati hokimi lavozimlarida ishladi.
1995-2003 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati sifatida ham faoliyat olib bordi.
2003-yilda Oʻzbekiston Bosh vaziri etib tasdiqlandi[2][3] va 2005, 2010, 2015 yillarda Oliy Majlis palatalari tomonidan ushbu lavozimga yana uch marta qayta tasdiqlandi.
2016-yil 2-sentabrda Prezident Islom Karimovning vafot etishi munosabati bilan Oliy Majlis Mirziyoyevni Birinchi Prezident dafn marosimini oʻtkazish boʻyicha komissiyaga rais etib tayinladilar.

Asarlari:

Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutq / Sh.M. Mirziyoyev. – Toshkent : O‘zbekiston, 2016. — 56 b.
Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik — har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi maʼruza, 2017 yil 14 yanvar / Sh.M. Mirziyoyev. — Toshkent : O‘zbekiston, 2017. — 104 b.
Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini taʼminlash — yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi maʼruza. 2016 yil 7 dekabr /Sh.M.Mirziyoev. — Toshkent: „O‘zbekiston“, 2017. — 48 b.
Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Mazkur kitobdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2016 yil 1 noyabrdan 24 noyabrga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri saylovchilari vakillari bilan o‘tkazilgan saylovoldi uchrashuvlarida so‘zlagan nutqlari o‘rin olgan. /Sh.M.Mirziyoev. — Toshkent: : „O‘zbekiston“, 2017. — 488 b.[18]

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning  prezidentlikdagi ilk kitobi nashrdan chiqdi
Картинки по запросу Президент И.А.Каримов асарлари | Президенты, Картинки,  Тексты