#Daryoga o`xshagan umr
#Kitobxonning hayot chizgilari
“Agar yolg`iz bo`lsang , hamdan kitobdur,ilm subhidagi nur ham kitobdur”. Darhaqiqat shoir tili bilan aytganda inson qalbini ezgulik sari yetaklovchi va yolg`izlikdan qutqaruvchi bu kitobdir. Biz necha yoshda bo`lsakda kitob hamisha bizga hamrohlik qiladi. 82 yoshni qarshilagan nuroniy otaxon Axmad Ro`ziqulov o`z xonadonida kichkinagina kutubxona yaratgan havaskor shoirdirlar. Ilk bora xonadonga qadam qo`yganimizda shuni angladikki, yosh o`tgan sari inson kitobni o`ziga eng yaqin hamroh hisoblar ekan. Bu xonadonda mavjud kitoblar, undagi durdona asarlar aynan keksa yoshdagi kitobxonamizning umr bo`yi o`ziga sodiq olgan do`stlari jamlamasi ekanligi yorqin namoyon bo`ldi. Otaxon o`z ijod namunalarini jamlab bir nechta she`riy to`plamlarini nashrdan chiqargan ekanlar.
She`riyatga oshno otaxon juda ko`p she`riy kitoblarni mutola qilgan ,o`z ijod namunalaridan kutubxonachilarni bahramand etdi.Axmad Ro`ziqulov Yusuf Xos Xojibning asarlarini juda sevib mutoola qilar ekanlar.Boysun tuman axbarot markazi xodimlari otaxon xonadoniga tashrif buyirib otaxonga T.Murodning tanlangan asarlar to`plami S.Sayid, H. Xudoyberdiyeva, Sh. Xolmirzayev asarlarini o`qishni tavsiya etishdi.
More Stories
Zahiriddin Muhammad Bobur buyuk davlat arbobi!
Navoiy ijodiga ehtirom!
Ma`rifatga baxshida umr