
🌿 “Tabiatni asrash — har birimizning qo‘limizda”
2026-yil “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb nomlangani munosabati bilan Boysun tuman Axborot-kutubxona markazida kitobxonlar o‘rtasida “Tabiatni asrash — har birimizning qo‘limizda” nomli kitob ko‘rgazmasi va davra suhbati tashkil etildi.
📚 Tadbir davomida tabiatni asrash, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyatni yuksaltirish va tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
🌱 Kitobxonlarga kutubxonadagi ekologiya, tabiat va atrof-muhitni asrashga oid adabiyotlar tavsiya qilindi. Kitob mutolaasi orqali yosh avlodda tabiatga mehr va mas’uliyatli munosabatni shakllantirish muhimligi ta’kidlandi.


💚 Tabiatni asrash — barchamizning burchimiz! Keling, tabiatni asraylik va kelajak avlodga musaffo atrof-muhit qoldiraylik!
More Stories
“Infolib bilan-kelajakka qadam” mavzusida davra suhbati hamda faol kitobxonlar o`rtasida “Eng faol kitobxon”, “Yilning eng ijodkor foydalanuvchisi” tanlovlari kitobxonlar o`rtasida o`tkazildi.
“Yangi nashrlar jozibasi-o`qishdan zavq oling”
Kitobdan- rezyumegacha