
Har bir millat va elatning o‘z tarixi bor. Tarix zamirida esa, milliy o‘zlikni anglash, qadriyatlarga hurmat, ajdodlar xotirasiga ehtirom tuyg‘usi mujassam. Sir emaski, yetmish yildan ortiq davr mobaynida davom etgan sobiq sho‘ro tuzimi davrida xalqimizning ana shu tuyg‘usi toptaldi, tariximizni xolis o‘rganishga, milliy, diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylashga yo‘l qo‘yilmadi.
O‘tgan asr boshidagi oktyabr to‘ntarishi oqibatida Turkistonda zo‘rlik bilan o‘rnatilgan mustamlakachi sovetlar tuzumi birinchi kundan boshlab o‘z tasarrufidagi turli o‘lkalarda yashayotgan xalqlar boshiga son-sanoqsiz qirg‘inlar, dahshatli va alamli kulfatlar olib keldi. Hozir Markaziy Osiyo deb atalayotgan, o‘sha davrdagi Turkiston zamining ilg‘or vakillari ana shu dahshatlarga qarshi turdi.
“Erkinlik va jamiyat rivoji uchun jonini qurbon qilgan-qatag`on qurbonlari” mavzusida tadbir o`tkazildi.

More Stories
“Jamiyatda o`z huquq va erkinliklaringizni bilasizmi?”
“Uyushmagan axolini kitobxonlikka jalb etish” loyihasi assosida “Ochiq osmon ostida kitob ulashamiz” mavzusida ochiq maydonlarda kitob ko`rgazma tashkil etildi.
18-may Xalqaro muzeylar kuniga bag`ishlab “Muzeylar tarixdan so`ylar” mavzusida tuman AKMning kitobxonlari bilan “Boysun jannatmakon yurt” muzeyiga sayohat tashkil etildi.