
#Kitob_va_mutolaa_haftaligi
📚 Boysun tuman Axborot-kutubxona markazida “Kitob va mutolaa haftaligi” doirasida Ochiq eshiklar kuni!
Bugun 2-son Politexnikumi talabalari o`rtasida «Kitob va mutolaa haftaligi» doirasida ochiq eshiklar kuni o`tkazildi. Talabalar tuman AKMning Fondlarni to’ldirish, saqlash va ularga ishlov berish xizmati rahbari L.Vaxobova tomonidan eng sara yangi adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirildilar.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mutolaa haqida shunday deganlar: “… hammamiz uchun ayni paytda juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masala, ya’ni kitobxonlikni keng yoyish va yoshlarimizning kitobga bo‘lgan muhabbatini yanada oshirishga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga olib chiqish vazifasi turibdi”.

«Kitob va mutolaa haftaligi» doirasida talabalar eng sara adabiyotlarni mutolaa qilib, o`zaro o`qigan asarlari yuzasidan fikr almashdilar.
📚Aziz kitobsevarlar sizlarni ham “Ochiq eshiklar kuni”ga taklif etamiz!
More Stories
“Jamiyatda o`z huquq va erkinliklaringizni bilasizmi?”
“Uyushmagan axolini kitobxonlikka jalb etish” loyihasi assosida “Ochiq osmon ostida kitob ulashamiz” mavzusida ochiq maydonlarda kitob ko`rgazma tashkil etildi.
18-may Xalqaro muzeylar kuniga bag`ishlab “Muzeylar tarixdan so`ylar” mavzusida tuman AKMning kitobxonlari bilan “Boysun jannatmakon yurt” muzeyiga sayohat tashkil etildi.