Yoshlar kuni

Joriy yilning 24-fevral kuni Davlatimiz Rahbari tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilgan muloqotda belgilab berilgan ustuvor vazifalar, ilgari surilgan tashabbuslar hamda topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida har payshanba kuni davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan “Yoshlar kuni” o‘tkazilib, tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

“Mustaqillikning 35 yilligi – Yangi O‘zbekiston yoshlari nigohida” shiori ostida Boysun tuman Axborot-kutubxona markazi direktori boshchiligida yosh xodimlar ishtirokida tumandagi «Bookafe» faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Tuman AKMda yosh kitobxonlar uchun kichik bukafe tashkil etish bo`yicha rejalar tuzib olindi.