Bir xil odamlar bor: u eshikdan kirib, bu eshikdan chiqib ketayotganda qoʻlidan kelgancha savobli ish qiladi. Hayot degan imoratga aqalli bitta gʻisht qoʻyib ketadi. Yana bir xillari bor: oʻsha imoratdan aqalli bitta gʻishtni oʻgʻirlab ketgisi keladi. Oʻgʻirlab-ku hech qayoqqa borolmaydi, narigi eshikka borganda bari bir tashlab ketadi. Ikki orada imoratni buzgani qoladi…

More Stories
“Ёшлар таянч бўлса, эл юксалади”
“Boysun bilim va ruhiy yuksalish manbai”
“Ertaklar jajji bolajonlarni kitobxonlikka chorlaydi”