Boysun district information and library center

Sahifalarimizni kuzatib boring!

Erkin A`zam o`zbek adabiyotining yirik vakili.

ERKIN A‘ZAM O‘ZBEK ADABIYOTINING BUYUK VAKILI 10 avgust. Ushbu sanada Boysunning dilbandi, o‘zbek adabiyotining zabardast vakili, Tafakkur jurnalining bosh muharriri, O‘zbeksiton xalq yozuvchisi Erkin A‘zamov tavallud topgan kun. Ushbu sanani munosib nishonlash maqsadida tuman hokimligi, Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat markazi tuman bo‘linmasi, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Boysun tuman Kengashi, tuman Axborot-kutubxona markazi, tuman Xalq ta‘limi bo‘limi va boshqa bir qator tashkilotlar birgalikda munosib tayyorgarlik ko‘rishdi. Boysunimizning faxri bo`lgan Erkin A`zamovning onajonlariga adib tug`ilgan kuni munosabati bilan tashakkurlar bildirildi.
Tumandagi 6-musiqa va san‘at maktabida tashkillashtirilgan uchrashuvda yozuvchining oila a‘zolari, sinfdosh do‘stlari, turli darajadagi ijodkorlar, o‘quvchilar hamda tashkilot va idoralar rahbarlari qatnashdilar. Tadbirda o‘zining 71 yoshini qarshi olayotgan Erkin A‘zamning bolalik davri, hayot tarzi, kitob bilan oshno ekanligi, qatiyatligi, bir gapni ochiqcha, erkin ayta olishi, hayotda to‘g‘ri yashab, haq yo‘ldan yurganligi kabi xususiyatlari haqida alohida to‘xtalib o‘tildi. O‘zbek kino industriyasidagi buyuk dramaturg sifatida olib borayotgan mazmunli ijodi, kino sohasidagi erishgan yutuqlari, yozgan asarlaridagi o‘ziga xos jihatlar, har bir kitobida boysun nafasi ufurib turishi hamda bugun Erkin A‘zam ijodini butun dunyo katta qiziqish bilan o‘qiyotganligi e‘tirof etildi. Tadbir davomida ijodkor yoshlar ham yozuvchi ijodidan monologlar o‘qib, asarlariga tasnif berdilar. Erkin A’zam haqida yozilgan she’rladan namunalar o‘qidilar.