Boysun district information and library center

Sahifalarimizni kuzatib boring!

MUSTAQILLIK — ULUG‘ NE’MAT

Mustaqilligimizning 30 yilligiga bag`ishlanadi

MUSTAQILLIK — ULUG‘ NE’MAT
Dunyoda ikki yuzdan ortiq davlat, minglab xalq va elatlar mavjud. Ular orasida O‘zbekiston deya atalmish go‘zal va betakror mamlakatning o‘z o‘rni va nufuzi, o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li borligi qalbimizga iftixor bag‘ishlaydi.
Mustaqilligimiz biz uchun Ona kabi mo‘’tabar, nonday aziz va qadrlidir. Tarixi bir necha ming yillar bilan bo‘ylashadigan, jahon tamaddunining tamal toshini qo‘ygan, ilm-fani, san’ati, madaniyati, ulkan madaniy va ma’naviy merosi, olimu fuzalolari bilan dong taratgan xalqimiz o‘z istiqlolini osonlikcha qo‘lga kiritgani yo‘q. Yaqin o‘tmishda — qariyb bir asr davomidagi mustamlaka holatidagi holat, ungacha ham haq-huquqlari poymol etib kelingan xalqimiz qaddini, ruhini hech qanday kuch bukolmagan, so‘ndirolmagan.

Mustaqillik xalqimizga, millatimizga o‘zligini teran anglash, ming yillar davomida ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan boy ma’naviy-madaniy merosdan bahramand bo‘lish imkonini berdi. Mustaqilligimizning turli yillarida millatimizning buyuk farzandlari — Ahmad Farg‘oniy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Jaloliddin Manguberdi, Alisher Navoiy, Imom Buxoriy, Abduxoliq o‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Imom Moturudiy, Burhoniddin Marg‘iloniy, Imom Termiziy, Xoja Ahror Valiy singari ulug‘ zotlarning tavallud sanalarini alohida nishonlash hamda boy ilmiy, diniy-ma’rifiy merosini keng ommalashtirish va o‘rganish, Samarqand, Buxoro, Toshkent, Xiva, Shahrisabz, Qarshi, Termiz, Marg‘ilon singari qadim va muazzam shaharlarning xalqaro miqyosdagi yubileylari o‘tkazilishi, «Avesto»ning 2700 yilligi, «Alpomish»ning 1000 yilligi, Xorazm Ma’mun akademiyasi 1000 yilligining keng nishonlanishi, albatta, bevosita istiqlol davri bilan bog‘liq.

So‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlarimiz natijasida, ayniqsa, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini hayotga joriy etish asosida mamlakatimizning siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotini tubdan yangilash, “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g‘oyasini real voqelikka aylantirish borasida salmoqli yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda.
Jahon miqyosida davom etayotgan koronavirus pandemiyasi va iqtisodiy inqirozga, shuningdek, boshqa turli tahdid va xatarlarga qaramasdan, xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo‘lidagi amaliy harakatlari izchil davom ettirilmoqda.

“Men uchun Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti sifatidagi faoliyatimning maʼno-mazmunini tashkil etadigan eng ulugʼ maqsad — xalqimizning tinch va osoyishta, erkin va farovon hayot haqidagi orzu-umidlarini roʼyobga chiqarish yoʼlida sidqidildan fidokorona xizmat qilishdan iboratdir”, — Prezident Shavkat Mirziyoev

Mustaqilligimizning 30 yilligiga bag`ishlanadi

MUSTAQILLIK — ULUG‘ NE’MAT

Keyingi yillarda madaniy-gumanitar yoʼnalishda – madaniyat, kino, raqs va tasviriy sanʼat sohalarini, adabiyot va kitobxonlikni rivojlantirish boʼyicha amalga oshirayotgan ishlarimiz xalqimizga yaxshi maʼlum, albatta. Xususan, xalqaro maqom anjumani, baxshichilik va milliy hunarmandchilik festivallarini tashkil etganimiz va yuksak saviyada oʼtkazganimiz Yangi Oʼzbekistonni dunyoga keng targʼib etishda muhim ahamiyatga ega boʼldi

Yoshlar – xalqimizning asosiy tayanchi va suyanchi. Keng koʼlamli islohotlarimizni samarali amalga oshirishda ular hal qiluvchi kuch boʼlib maydonga chiqmoqda. Аynan zamonaviy bilim olgan, ilgʼor kasb-hunarlarni, innovatsion texnologiyalarni, xorijiy tillarni puxta egallagan oʼgʼil-qizlarimiz mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishda yetakchi oʼrin tutadi.