Boysun district information and library center

Sahifalarimizni kuzatib boring!

Usmon Azim oilasi bilan ijodiy uchrashuv!

O`zbekiston xalq shoiri Usmon Azim tavalludi munosabati bilan tuman hokimligi,  Boysun tumani Maʼnaviyat va maʼrifat boʼlinmasi, tuman Axborot-kutubxona markazi hamkorligida shoirning oila a`zolari bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Ijodiy uchrashuv davomida shoirning oila a`zolari, tumandagi ijodkorlar Usmon Azim hayoti va ijodi haqida o`z fikr mulohazalarini bildirib o`tishdi.
Shoir ijodi keng kitobxonlar ommasiga tanishtirib o`tildi. Shoirning jiyanlari, yaqin qarindoshlari shoir ijodidan na`munlar keltirishdi.
BOYCHECHAK
Opam Saidaga
Ey, mening munisginam,
Mehribonim, opajon.
Baland tog’lar bag’rida
Bormisan sog’u omon?!
Kecha xatingni olib,
Ko’ksimga tushdi g’ulu…
«Usmon, juda sog’indim,
Sen meni unutding-ku…»
Opa, unutganim yo’q,
Qo’y, qilmagin imtihon.
Muhabbatim, hurmatim,
Sog’inchim qalbda nihon.
Qanday yodimdan chiqsin
Tepaliklar. dalalar…
Bahor bilan mast bo’lib,
Kuylardik biz bolalar: