Boysun district information and library center

Sahifalarimizni kuzatib boring!

Boysun ziyolilari!

Hikmat Hasanov 1970-1976 yillarda Boysun Tuman Xalq Ta`limi bo`limi mudirligiga tayinlanadi. Ish faoliyati davomida 11 ta yangi maktab, 2 ta bolalar bog`chasi qurdirdi. 1977 yildan 1-maktabga direktorlik vazifasida samarali mehnat qilgan Hikmat Hasanov xizmatlari evaziga 3 marta O`zbekiston hukumatining “faxriy yorlig`i”, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shuhrat” medali, respublikaxalq ta`limi vazirligining “A`lochi o`qituvchi” medali hamda o`nlab “faxriy yorlig`i”lar sohibi bo`lgan.

Hikmat Hasanov shogirdlari bugun Respublikamizning barcha tuman va viloyatlarida faoliyat ko`rsatib kelmoqdalar. Erkin A`zamov, Tilla Mengliyev, Vohid A`zamov,, Izmat Azimov, G`affor A`zamov, To`raqul Hamroyev, Allamurod Soatmurodov, Usmon Azimov va Safar Rajabovlar ana shunday shogirdlardan hisoblanadi.

U-oilali, turmush o`rtog`i Nazira opa bilan 8 nafar farzand, 39 nafar nevara, 3 nafar chevaralarni voyaga yetkazgan. U 2004 yili 77 yoshida olamdan o`tgan.