Boysun district information and library center

Sahifalarimizni kuzatib boring!

“Uyushmagan axolini kitobxonlikka jalb etish” loyihasi assosida “Ochiq osmon ostida kitob ulashamiz” mavzusida ochiq maydonlarda kitob ko`rgazma tashkil etildi.

Kitob — inson tafakkurini boyituvchi, qalbni ezgulikka chorlovchi bebaho ma’naviy xazinadir. “Ochiq osmon ostida kitob ulashamiz” loyihasi esa kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, yoshlarni mutolaaga oshno etish hamda jamiyatda ma’naviy muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tabiat qo‘ynida, musaffo osmon ostida tashkil etilgan kitob aksiyalari inson qalbiga o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi. Bunday tadbirlarda turli yoshdagi kitobxonlar jam bo‘lib, o‘zaro kitob almashadilar, sevimli asarlari haqida suhbat quradilar va yangi bilimlarga ega bo‘ladilar. Ayniqsa, yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirishda bu kabi ma’naviy uchrashuvlarning o‘rni beqiyosdir.

Boysun tuman Axborot-kutubxona markazida “Uyushmagan axolini kitobxonlikka jalb etish” loyihasi assosida “Ochiq osmon ostida kitob ulashamiz” mavzusida ochiq maydonlarda kitob ko`rgazma tashkil etildi.