Ustozlar ma«naviyat quyoshi!

Специализированная школа-интернат для математики и филологии № 65 »  (Узбекский) 1 — oktabr – O'qituvchilar va murabbiylar kuni

Ustozlar_ma`rifat_quyoshi

Abdulla Oripov

Muallim
Muallim haqida so‘zim ushbudir:
Muallim kamolot ichra ko‘zgudir.
O‘qidim Gerodot, tarixni ko‘p bor,
Forobiy, Danteni takror va takror.
Barini o‘qidim, lol qoldi aqlim,
Bariga ustozsan o‘zing, muallim.
Alisher qalbiga solgan sehr-fayz
Sensan,ey muallim, ustoz Abul-Lays.
Qutlug‘ xonadonda qutlug‘ kalom bu,
Hamid Olimjon bu, Gʻafur Gʻulom bu.
Buyuk Temur sendan topgandir ta’lim,
Sen shundoq, aziz zot, aziz muallim.
Rost aytsam, o‘zingsan eng avval daho,
Sen hayot ganjida durri bebaho.
Ulug‘ ayyomingda she’riy kalom bu,
Shogirdlar nomidan qutlug‘ salom bu .

1972 yil

✍️ Abdulla Oripov

Возможно, это изображение (2 человека, воздушный шарик и в помещении)

1 — OKTYABR O’QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHER

Sizning ta’limingiz olmagan kim bor,
Siz-ku yuraklarda ilk ziyo yoqqan.
Olimmi, shoirmi va yo san’atkor,
Ilk bor sizga tomon ustoz deb boqqan

Bitta harf dardida riyozat chekib,
Oqibat ko’kka ham chiqolgan inson.
Ne ajab sizlarni bahtiyor etib,
O’rnidan dast turib, bosh egsa shu on.

Buyuk Alisherbek lutf etgan misol,
Savod o’rgatdingiz qancha ranj bilan.
Koplab bo’larmikan bu qarzni alxol,
O’zib bo’larmikan yuzta ganj bilan.

Более 620 тыс. первоклассников пошли в школу в Узбекистане

USTOZ — OTANGDAY ULUG‘

Ustoz — otangday ulug‘, ustoz qadami qutlug‘,
Ustozning har kalomi ilmu hikmatga to‘lug‘,
Ustozning dili ravshan, ustoz makoni yorug‘,
Unib chiqar, albatta, ustoz tashlagan urug‘,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

Temur bosh qo‘ydi mangu ustozining poyiga,
Ustoz o‘xshar olamning Quyoshiga, Oyiga,
Bilim nuri yog‘ilar qadam qo‘ygan joyiga,
Yo‘llar adolat, vafo, muhabbat saroyiga,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

Ota-ona farzandni keltiradi dunyoga,
Ustoz esa cho‘mdirar ilmu hikmat, ziyoga,
Yerdagi bolalarni ko‘taradi samoga,
Ota-ona fanosin aylantirar baqoga,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

Deydilar, ustoz jabri — ota mehridan afzal,
Shogirdlarning iqboli — ustoz jabriga badal,
Navoiy demish, kasbni egallagil mukammal,
Saodatning kaliti, bilgilki, ilmu amal,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.
Mirza QAYNAROV

1 oktyabr` - Ustoz va murabbiylar kuni | Fazo.tv

Boysun tuman AKM jamoasi