
Bugungi kunda gazeta, jurnal, televideniye, radio va internet nashrlari insonlarga tezkor va ishonchli ma’lumot yetkazishda katta ahamiyat kasb etmoqda. Jurnalistlar esa voqealarni xolis yoritib, odamlarni yangiliklardan boxabar qiladi. Ularning mehnati tufayli jamiyatda ochiqlik, adolat va fikr erkinligi qaror topadi.

Butunjahon matbuot kuni nafaqat jurnalistlar bayrami, balki so‘z erkinligi, haqiqat va demokratiya qadriyatlarini ulug‘lovchi muhim sana hisoblanadi. Bu kun matbuot xodimlarining mashaqqatli mehnatini qadrlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va yosh avlodni axborot madaniyatiga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Boysun tuman Axborot-kutubxona markazida “Butunjahon matbuot kuni” munosababti bilan “Matbuot yangiliklarni bilishga qo`yilgan ilk qadamdir” nomli davra suhbati o`tkazildi.
More Stories
Boysun tuman AKMda Mustaqillikning 35-yilligi bayram shukuhi!
Yoshlar kuni
Erkin A`zam badiiy olami