
#Kitobxonlik_haftaligi#Boysun_TAKM_Kitobxonlik_haftaligi
Ilmu ustod kitob hurmati – hammasidan zarur bu bob hurmati.
Kim esdan chiqarsa bu uch hurmatin,
Chekar hayotida kamlik zillatin.
Kamoliddin Binoiy
![]()
“Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasi ostida Respublika III “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Boysun tuman Axborot-kutubxona markazida “Kitob bor ekan qalblar yaxshilik sari intilaveradi ” mavzusida tumandagi 3-sonli maktab o`quvchilari tomonidan ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya davomida o`quvchilar Boysun tuman Axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan yaqindan tanishib, kitob fondida mavjud asarlarni ko`zdan kechirishdi. Markaz mutaxassisi Tog`ayeva Sarvinoz markaz fondidagi asarlar asosida kitoblar targ`ibotini o`tkazdi.

More Stories
“Abdulla Qodiriy-o`zbek romanchiligi asoschisi”
“Kutubxona bilan ilk tanishuv”
“Amir Temur-buyuk davlat arbobi”- Buyuk Sohibqiron Amir Temur (1336-1405)tavalludining 690 yilligiga bag`ishlangan tadbir