
Halima Xudoyberdiyeva “Oʻzbekiston xalq shoiri” unvoniga sazovor boʻlgan. U “Hurmat belgisi” hamda “El-yurt hurmati” ordenlari bilan taqdirlangan. Shoira ijodida Vatanga muhabbat, ayol qalbi, ona mehri, milliy qadriyatlar va insoniy tuygʻular asosiy oʻrin tutadi.
Uning “Muqaddas ayol”, “Toʻmarisning aytgani”, “Suyanch togʻlarim” kabi asarlari oʻzbek sheʼriyatining nodir namunalaridan hisoblanadi. Halima Xudoyberdiyeva sheʼrlari samimiyligi va chuqur maʼnosi bilan kitobxonlar qalbidan joy olgan.

Boysun tuman Axborot-kutubxona markazida Halima Xudoyberdiyeva tavallud ayyomiga bag`ishlab “Halima Xudoyberdiyeva O`zbekiston xalq shoirasi” nomli tadbir o`tkazildi.

More Stories
“Jamiyatda o`z huquq va erkinliklaringizni bilasizmi?”
“Uyushmagan axolini kitobxonlikka jalb etish” loyihasi assosida “Ochiq osmon ostida kitob ulashamiz” mavzusida ochiq maydonlarda kitob ko`rgazma tashkil etildi.
18-may Xalqaro muzeylar kuniga bag`ishlab “Muzeylar tarixdan so`ylar” mavzusida tuman AKMning kitobxonlari bilan “Boysun jannatmakon yurt” muzeyiga sayohat tashkil etildi.