
Muzeylar — xalqning boy tarixi, madaniyati va ma’naviy merosini saqlovchi muqaddas maskandir. Har bir muzey eksponati o‘tmishdan hikoya qiladi, ajdodlarimizning hayoti, urf-odatlari va yaratgan boyliklarini namoyon etadi. Muzeylarga tashrif buyurgan inson o‘z tarixini chuqurroq anglaydi, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalanadi.
Muzeylarda qadimiy qo‘lyozmalar, tarixiy buyumlar, milliy liboslar, san’at asarlari va buyuk ajdodlarimizga oid nodir ma’lumotlar saqlanadi. Ular yosh avlodni Vatanga muhabbat, ajdodlarga sadoqat va milliy g‘urur ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Boysun tuman Axborot-kutubxona markazida “Yosh kitobsevarlar” klubi a’zolari bilan 18-may Xalqaro muzeylar kuniga bag`ishlab “Muzeylar tarixdan so`ylar” mavzusida tuman AKMning kitobxonlari bilan “Boysun jannatmakon yurt” muzeyiga sayohat tashkil etildi.
More Stories
“Ochiq osmon ostida kitob ulashamiz”
“Halima Xudoyberdiyeva O`zbekiston xalq shoirasi” nomli tadbir o`tkazildi.
Milliylik — bu faxrdir. Chunki o‘z millatini sevgan inson Vatanini ham sidqidildan sevadi. Milliy g‘urur esa insonni yuksak maqsadlar sari undaydi, uni ma’naviy jihatdan kuchli qiladi.