«Oilaning asosiy ma’naviy boyligi- kitobxonlikdir» mavzusida kitob ko’rgazmasi va davra suhbatlari o’tkazildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev: «Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak maʼnaviyatga erishib bo‘lmaydi. Kitob o‘qimagan odamning ham, millatning ham kelajagi yo‘q», – deya taʼkidlaydilar.

Boysun tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari va faol kitobxon onalar bilan birgalikda «Oilaning asosiy ma’naviy boyligi- kitobxonlikdir» mavzusida kitob ko’rgazmasi va davra suhbatlari o’tkazildi. AKM xodimi Jo`rayeva Robiya tomonidan qiziqarli kitoblar faol kitobxonlar oilaviy kitobxonlarga o’qish uchun tavsiya etildi.