Boysun district information and library center

Sahifalarimizni kuzatib boring!

“Inson aziz-xotira muqaddas”

Xotira bor ekan – millat barhayot
Xotira – kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Qadr – insonni yuksaklikka ko‘taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag‘ishlaydi.
Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini aziz
Biz azal-azaldan tinchliksevar xalqmiz. Aynan shu g‘oya targ`ibiga bag`ishlangan buyuk milliy ma`naviy merosimiz bor. Ularning barida tinchlikning qadriga yetish targ‘ib etiladi, urush esa batamom qoralanadi.
9-mayni Xotira va Qadrlash kuni tarzida umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelayotganimiz zamirida ham aynan ana shu ezgu maqsad yotibdi.

🏛Boysun tuman Axborot-kutubxona markazi hamda 47- sonli maktab o`qituvchilari,o`quvchilari ishtirokida 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Inson aziz-xotira muqaddas” nomli tadbir o`tkazildi.